Amerikaning Google kompaniyasiga egalik qiluvçi Alphabet xoldingi 2016 yil uçinçi çoragiga oid moliyaviy hisobotini e'lon qildi. Unga köra, xolding daromadi tahlilçilarning taxminidan özib ketib, 22,45 mlrd dollarni taşkil etgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Xoldingning reklama daromadi 18 foizga ösib, 19,82 mlrd dollarga yetgan. Bu Alphabet xoldingi umumiy daromadining 90 foizga yaqinini taşkil etadi. Şu bilan birga, kompaniyaning «bulutli» biznesi ötgan çorak bilan qiyoslaganda 38 foiz köproq daromad keltirgan. 

Alphabet xoldingining 2016 yil uçinçi çoragidagi sof daromadi 5,06 mlrd dollardan iborat bölgan. Şunga köra, uning aksiyasi narxi yil boşidan beri 5 foizga qimmatlaşib, bir donasi 817 dollarga yetgani xabar qilinmoqda.