29 oktabr kuni Islandiya altingi uçun navbatdan taşqari saylovlar bölib ötadi. Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 10:00dan 22:00gaça oçiq böladi. Islandiya parlamenti dunyodagi eng qadimgi parlamentlardan biri hisoblanadi. 

Saylovlar mamlakatga "Panama hujjatlari" e'lon qilingaç, vujudga kelgan siyosiy inqirozdan çiqişga yordam berişi kerak. Bu safargi saylovlarning e'tiborli tomoni, bahorgi noroziliklardan söng Qaroqçilik partiyasining obrösi ortib ketganidir. 

Saylovlarda ovoz beriş huquqiga 245 ming kişi ega. 63ta deputatlik kursisiga 12 partiyadan 1,5 mingga yaqin nomzod kuraşmoqda. Mahalliy OAVning yozişiça, saylovlarda saylovçilarning 0,6 foizi bevosita nomzod sifatida qatnaşmoqda. 

Aslida, Islandiya parlament saylovlari 2017 yil may oyida bölib ötişi kerak edi. Navbatdan taşqari saylovlarga, moliyaviy inqiroz va ofşor mablağlariga qarşi noroziliklardan söng hukumat tepasiga kelgan Rivojlaniş partiyasi yetakçisi Sigmyundyur David Gyunnleygsonning “Panama hujjatlari”ga aloqador bölib qolgani sabab böldi. Britaniya Virjin orollarida uning rafiqasi nomida ofşor kompaniyalari röyxatdan ötgani foş etilgan edi. Şundan söng, 7 aprelda Gyunnleygsonn iste'foga çiqişga majbur böldi. 

Bu safargi saylovlarning yana bir şov-şuvli jihati Qaroqçilik partiyasining saylovçilar orasida obrösi oşib ketganligidir. Ötgan gal u 5,1 foiz ovoz töplab, parlamentda 3 nafar a'zosiga ega bölgandi. Biroq, hozirda, ijtimoiy sörov natijalariga köra, partiya 20-30 foiz ovoz töplaşi mumkinligini körsatmoqda. Boşqa bironta partiya aksar köpçilik ovozni oliş imkoniga ega emasligi e'tiborga olinsa, Islandiyani yaqinda “qaroqçilar” boşqarişi mumkinligi oydinlaşadi. 

Qaroqçilar partiyasi 2012 yilda mahalliy faollar, xakerlar, ilm-fan sohasi vakillari va "ijodkor toifa" tomonidan Şvetsiyadagi şunday partiyadan namuna olingan holda taşkil etilgan edi. Biroq, boşqa mamlakatlardagi safdoşlaridan farqli ravişda, islandiyalik siyosatçi "qaroqçilar" katta siyosatga kirişning uddasidan çiqişdi.