Amerikaning Oregon ştatida yaşovçi ayol tasodifan begona avtomobilni haydab ketdi, lekin adaşganini anglab yetişi bilanoq uni joyiga qaytardi. Bu haqida UPI ma'lum qildi.
Maşina egasining sözlariga köra, avtomobil uning uyi oldidagi avtoturargohda turgan bölgan, şuning uçun bu voqeani videokuzatuv kameraga muhrlab qolgan. Rolik unga ğalati tuyuldi: "öğri" özini bexavotir tutdi, heç kimdan yaşirinmay, Subaru Impreza'ga ötirdi va bir neça daqiqa avtoturargohda turdi.
Keyingi kuni videodagi ayol yöqolgan avtomobilni qaytarmoqçi böldi. U politsiyaga keçki payt öz tanişining Subaru'sini olib ketişi kerak bölgani, ammo maşinalarni almaştirib yuborganini aytdi. Xatoga yöl qöyiş oson edi, çunki nafaqat maşina markasi va rangi, balki kalitlar ham bir xil bölib çiqdi. Şu bois ayol birovning avtomobilini öğirlab ketayotganini xayoliga ham keltirmagan.
Uning tanişi keltirilgan avtomobilni ertasi kuni ertalab kördi va şundagina nima röy berganini anglab yetdi. U şu zahotiyoq "öğri"ni avtomobilni qaytarişga jönatdi hamda uzr sörab bitilgan xat bilan sarflangan yoqilği uçun pul qöşib berdi.
Politsiyada maşina egasiga Subaru'ning eski modellarida kalitlar bir xil bölişi mumkinligi va bir neça avtomobilga töğri kelişini tuşuntirişdi.












