AQŞ mudofaa vazirligi öz harbiy razvedkasining 2016 yildagi byudjyeti miqdorini oşkor qildi, deya xabar qilgan Pentagon matbuot xizmati. 

Ta'kidlanişiça, 30 sentabrda yakunlangan 2016 moliya yilida harbiy razvedka ehtiyojlari uçun 17,7 mlrd dollar mablağ ajratilgan. 

Pentagon qaroriga köra, «bu raqamni oşkor qiliş harbiy razvedka dasturi doirasida maxfiy faoliyat yuritişga xalaqit bermaydi». Şu bilan birga, «dasturga oid boşqa ma'lumotlar va tafsilotlari oşkor qilinmaydi, çunki ular milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan maxfiylaştirilgan».