Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoga tegişli Ukrainaning Roshen qandolatçilik kompaniyasi oxirgi ikki yil içida Rossiyaning Lipetskdagi aktivlaridan 72,2 mln dollar olgan va uni Ukrainaga olib çiqib ketgan. Bu haqda kompaniya saytida aytilgan.  

Ta'kidlanişiça, Ukrainaga yuqoridagi qiymatdan 5 mln dollarga yaqini tölangan. Yana 9,3 mln dollar xayriya işlariga yönaltirilgan.  

Roshen boşliği Vyaçeslav Moskalevskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday forumida kompaniyani eslab ötganiga izoh berdi. Putin Rossiya mulkçilik huquqini hurmat qilişga harakat qilişini, bu qaror kompaniyaning Lipetsk viloyatidagi fabrikasiga ham taalluqli ekanini aytgan.     

"Biz uçun Rossiya prezidenti kabi yirik şaxsning bizning Lipetskdagi fabrikamiz faoliyati kabi mayda narsalar bilan qiziqişi taajjublidir. Bundan taşqari, biz uning maxsus xizmatlari haqida yaxşiroq fikrda edik, çunki ular unga Pyotr Alekseyeviç Poroşenko fabrikaning egasi hisoblanmasligini aytişlari kerak edi – u yanvarda özining "Roshen"dagi uluşini mustaqil trastga beriş şartnomasini imzolagan", deb aytildi Moskalevskiy bayonotida.
 
Uning fikriça, fabrikadagi tekşiruvlar va jinoiy işlar ortida Putin turadi va aynan u deb minglab rossiyaliklar işlaridan ajraşdi.