Rossiya dumasining Sevastopoldan deputati Dmitriy Belik Rossiya va Turkiya örtasidagi munosabatlar yaxşilangandan keyin Rossiyaning "Varyag" paromi Sevastopol portidan Turkiyaning Zönğuldak portiga birinçi marta jönaganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Belikning aytişiça, parom aloqasining tiklanişi ikki davlat uçun muhim voqea böldi.

"Ular bu paromni gullar bilan bölmasa-da, biroq közlarda xursandçilik bilan kutib olişlariga işonçim komil", deb qöşimça qildi Belik. 

2015 yil Qrim rahbari Sergey Aksenov Turkiya bilan parom aloqa va istalgan amaliy aloqalarga taqiqlov kiritilişini e'lon qilgandi. Bunga Rossiyaga qaraşli Su-24 samolyotining Suriyada turk kuçlari tomonidan urib tuşirilişi sabab bölgandi.