Xitoyning LeEco konglomeratiga tegişli Amerikaning Faraday Future kompaniyasi ilk seriyali modelining tizerini namoyiş etdi. Niqobdagi avtomobil namoyiş etilgan videolavha işlab çiqaruvçining YouTube sahifasiga joylaştirildi.
Hozirça, model haqida boşqa ma'lumot keltirilmagan. Tesla bilan xaridorlar uçun kuraşişga bel boğlagan Faraday Future kompaniyasi yangi mahsuloti elektr motor bilan ta'minlanişini tasdiqlaşdi.
Avval xabar qilinganidek, Faraday Future kompaniyasining birinçi seriyali modeli 2017 yil boşida Las-Vegasda bölib ötajak iste'mol elektronikasi körgazmasida namoyiş etiladi. Avtomobil işlab çiqaruvçisi, «oliy toifali, turli texnologiyalar bilan töldirilgan va eng uzoq masofaga yura oladigan elektromobil işlab çiqiş»ini ta'kidlab keladi.
Faraday Future’ning birinçi mahsuloti — kontsept elektr superkari FFZERO1 — 2016 yil yanvarida namoyiş etilgan edi. Elektrokarga jami quvvati ming ot kuçiga teng 4ta dvigatel örnatilgan. Muhandislarning hisob-kitoblariga köra, FFZERO1 100 km soat tezlikka 3 soniyadan kamroq vaqtda erişa oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 320 kmni taşkil etadi.












