Volkswagen konserni VW Atlas deb nomlangan örta ölçamdagi yangi krossoverini rasman taqdim qildi. Yangi avtomobil birinçi navbatda Şimoliy Amerika bozori uçun möljallangan bölib, u 27 oktabrda Los-Anjyelesda namoyiş qilindi.

7 örindiqli VW Atlas negizida MQB modul platformasi yotadi, u yangi VW Tiguan modelida, konserning old privodli köpçilik modellarida va 7 örindiqli Skoda Kodiaq modelida qöllangan. Biroq Atlas’ni Kodiaq’ning nusxasi deb ataş mumkin emas: yangi model ançagina katta. "Kodiak" 4697 mm uzunlikka ega bölsa, VW Atlas uzunligi 5 metrdan köproqni taşkil qiladi. 

Volkswagen Atlas özining ölçamlari böyiça Ford Explorer va Toyota Highlander’larga yaqinroq. Aynan şu maşinalar yangi modelning AQŞdagi raqobatçilari böladi.

Foto: motor.ru

Maşina 2 ta benzinli motor: 2 litrli turbirlangan 4 silindrli va 238 ot kuçiga ega dvigatel va 280 ot kuçiga ega, VR6 3,6 dvigateli bilan taqdim qilindi. Uzatmalar qutisi 8 poğonali "avtomat", bazaviy versiyaning privodi faqatgina oldi. 

Maşina salonida töliq raqamlaştirilgan asboblar paneli, sensor boşqaruvga ega multimedia tizimi örnatilgan. Bundan taşqari, maşina yöldagi çiziqlar va körib bölmaydigan hududlarni kuzatiş tizimlari, adaptiv kruiz-kontrol va favqulodda tormozlaş funksiyasi hamda avtomatik parkovka tizimi bilan jihozlangan. 

Foto: motor.ru

Maşinaning uçinçi örindiqlar qatori mexanik tarzda yiğiladi, ikkinçi örindiqlar qatori uçinçi qatorga öta oliş uçun oldi-orqaga harakatlanadi. Uçinçi qatordagi yölovçilarda stakan qöygiçlar va 12 voltlik rozetkalar böladi.

Yangi maşina Volkswagen’ning Şimoliy Amerikadagi zavodida işlab çiqariladi. Keyinroq xuddi şunday model Xitoyda paydo böladi. Maşinani Yevropa bozoriga çiqariş möljallanmagan. 

Foto: motor.ru