Jangarilar Suriyaning Halab şahri aholi turarjoy mavzelarini öqqa tutişni bir neça marta kuçaytirişdi. Buning oqibatida 15 nafar tinç aholi vakili halok bölib, 150dan ortiq odam tan jarohati olgan. Bu haqda SARdagi duşman tomonlarni yaraştiriş Markazi xabarida ma'lum qilingan. 

Rossiya harbiylarining ma'lumotlariga köra, ötgan bir kun içida şahar böylab 100dan ortiq snaryad portlagan. 

28 oktabrda Halabning 8ta tumaniga artilleriya zarbalari berilgan. Jangarilar portlovçi moddalar töldirilgan gaz ballonlari, qölbola minalar va boşqarilmaydigan snaryadlardan foydalanişyapti. Ular bevosita maktablar, şifoxona va ijtimoiy inşootlarga zarar keltirişga urinişmoqda. 

Halabning markaziy şifoxonasi tölib ketgani xabar qilinayapti. Jonlantiriş va jarrohlik amaliyoti ötkaziladigan xonalar böş emasligi aytilayapti. 

Jangarilarning Halabdagi boşlanğiç maktabni öqqa tutişlari oqibatida 3 nafar öquvçi halok bölib, 9 nafari yaralangani xabar qilingan edi.