31 oktabrda qirollik qarorgohi "Sarsuela"da qirol ishtirokida bosh vazir qasamyod keltirib o‘tadi. 3 noyabrda esa yangi hukumat tarkibi e'lon qilinadi.
Avvalroq deputatlar kongressi Raxoy nomzodini bosh vazir lavozimiga tasdiqlagandi. Ispaniya 10 oydan ko‘proq vaqtdan beri doimiy hukumatsiz yashab kelayotgandi, chunki parlamentga o‘tgan partiyalar hukumatni shakllantirish masalasi bo‘yicha kelisha olmayotgandilar.











