Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Rossiya FVV ishchilari 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan Kuban hududini ko‘zdan kechirishmoqda. Bu haqida Krasnodar o‘lkasi FVV Bosh boshqarmasining matbuot xizmati xabariga asoslanib, TASS agentligi ma'lum qildi.
"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Tuaps va Apsheron tumanlari, Sochi va Goryachiy Klyuch shaharlarida yer osti silkinishi qayd etilgan", - deya ta'kidlandi FVV xabarida.
Manbaga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 08:27da 2 kilometr chuqurlikda qayd qilingan. Zilzila markazi Tuapsning Nebug va Neftegorsk qishloqlari o‘rtasidagi tog‘larda bo‘lgan.