Turkiyada 10 mingdan ortiq davlat xizmatçisi muxolifat islom voizi Fathulloh Gulenning taşkilotiga aloqadorlikda ayblanib, iste'foga çiqarildi. Bu haqida Anadolu naşri xabar berdi.
Manbaga köra, qarorda 10 131 nafar davlat xodimining iste'fosi haqida söz yuritilgan: 32 nafar parlament a'zosi, 183 nafar kassatsiya sudi xodimi, 2 534 kişi - mamlakat adliya vazirligidan, 102 kişi - TIVdan, şuningdek yana 101 nafar kişi - Turk qurolli kuçlaridan.
Xuddi şu qaror asosida yana 15 OAVning yopilişi töğrisida ma'lum qilingan. Dicle yangiliklar agentligi, köplab gazetalar va jurnallar şular jumlasidandir, ular Kurdiston işçilar partiyasi ğoyalari tarğibotida ayblanmoqda.

















