AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp prezidentlik saylovlari böyiça özining asosiy raqibi Xillari Klintondan bor-yöği 1 foizgina ortda qolmoqda. Bundan The Washington Post gazetasi va ABC telekanali ötkazgan ijtimoiy sörovnoma ma'lumotlari guvohlik bermoqda.

Klintonga söralganlarning 46 foizi, Trampga 45 foizi ovoz berişga tayyorliklarini bildirişgan.

Söralganlarning uçdan biri Klintonga nisbatan FQB tomonidan xizmat yozişmalari işi böyiça tergovning qayta boşlanişi sababli unga ovoz bermasliklarini aytişgan. 

Ma'lum qilinişiça, sörovnomada 1160 kişi iştirok etgan, u 25-28 oktabr kunlari ötkazilgan.