AQŞ prezidentligiga respublikaçilar partiyasidan nomzod bölmiş Donald Trampning maslahatçilari agar nomzod saylovda ğalaba qozongudek bölsa, u mamlakat mudofaasidagi muammolarni qanday hal etişini sözlab berişdi. Bu haqda The Defense News yozmoqda.
Pentagon rahbarlaridan biri Jyeff Seşns va mamlakat harbiy dengiz kuçlarining ehtimoliy vaziri Rend Forbsning sözlariga köra, Tramp “Kuç orqali tinçlik” konsepsiyasini ilgari surmoqda. Uning fikriça, Amerika qurolli kuçlari sönggi yillarda degradatsiyaga uçragan va AQŞ milliy manfaatlari uçun tiklanişga ehtiyoj sezmoqda. Tramp “eski alyansni qayta tiklaşga, yangi döstlar orttirişga va hayotiy taşqi siyosat qöllaşga” harakat qiladi.
Eng avvalo, maslahatçilarning tasdiqlaşiça, Tramp AQŞga xavf solayotgan IŞID terrorçilik taşkilotini yöq qilişga bor diqqat-eʼtiborini qaratadi. Keyingi rejalarga — mamlakat uçun xavfli hisoblangan odamlarni Ştatlarga kirişlarini taqiqlaş, kiberxavfsizlikni kuçaytiriş uçun xarajatlarni köpaytiriş, armiya hajmini 480 mingdan 540 mingga köpaytiriş, kemalar sonini 272tadan 350taga köpaytiriş (asosan suvosti kemalarini), dengiz piyoda qöşinlari korpusiga a'zolikni 180 mingdan 200 mingga oşiriş masalalari kiritilgan.
“Rossiya bilan munosabatlar Hillari Klinton davlat kotibi bölib işlagan kezlarda juda yomonlaşdi, — dedi Seşns. — Bu ulkan qobiliyatsizlik edi. Bilmayman, buni töğrilaş mumkinmi yoki yöq. Ammo biz urinib körişimiz kerak. Realizm pozitsiyasidan va milliy qiziqişlar tomonidan turib qaralsa, AQŞ va Rossiya örtasidagi munosabat uyğun holatda bölişi kerak”.
Senşns şunday deydi: “Donald Tramp uruşga işonmaydi. Buni ahmoqona va vayronokor, iqtisodga zarar keltiruvçi holat deb hisoblaydi. Suriya va Liviyada nimalar bölganligini köring. Misr “musulmon birodarlar”dan aziyat çekmoqda. Iroq endi oyoqqa turyapti. Aynan Hillari Klinton bizning qöşinlarimizni öşa yerga jönatgan edi”.











