“Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi 2016 yil yanvar-sentabr oylarida amalga oşirgan işlari va körsatilgan xizmatlariga doir hisobotini e'lon qildi. Unga köra, ötgan 9 oy mobaynida 16692 ta reys amalga oşirilgan hamda 1,882 mln kişi manziliga yetkazilgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 5 foizga kamdir, deya xabar qilingan kompaniya saytida.
Hisobotda yozilişiça, uzoq xorij yönalişlari böylab yölovçilarni taşiş hajmi 0,8 foizga oşgan, yaqin xorijiy mamlakatlar va mamlakat içida yölovçilarni taşiş körsatkiçi tegişli ravişda 4,2 va 14,4 foizga qisqargan. Bir reys hissasiga örtaça 113 yölovçi töğri kelgan.
Miliy aviakompaniya yuk samolyotlari jami 734ta reysni amalga oşirgan, bu esa ötgan yilning şu davriga nisbatan 46ta parvozga köp demakdir. Biroq, ularda ötgan yilgi körsatkiçdan 1,6 foiz kam, ya'ni 30,6 ming tonna yuk taşilgan. Xalqaro intermodal logistika markazi joylaşgan «Navoiy» aeroportidan 27 ming tonna yuk olib ketilgan.

















