Halabni muxolifat kuçlari va hukumat kuçlari tomonidan öqqa tutiş birdek harbiy jinoyatlar sifatida baholanişi mumkin. Buning uçun uşbu zarbalarning qasddan amalga oşirilgani isbotlanişi kerak, degan BMT inson huquqlari Oliy komissarligi boşqarmasi matbuot kotibi Ravina Şamdasaniy.

"Dam oliş kunlarida ğarbiy Halab tumanlaridagi tinç aholi turarjoylariga muxolifat zarba berişni kuçaytirgani haqida xabarlar paydo böldi. Bunda, minomyotlar, raketa va boşqa turdagi portlovçi qurollardan foydalanilgan. Bizdagi ma'lumotlarga köra, 30dan ortiq tinç aholi vakili qurbon bölgan, ularning kamida 10 nafari bolalardir", — degan Şamdasaniy.

Uning sözlariga köra, "bir milliondan ortiq inson istiqomat qiladigan hududlarda oğir jangovar qurollar va xavfli portlovçi vositalardan foydalaniş, xalqaro huquq me'yorlariga köra, harbiy jinoyatlar sifatida baholanişi mumkin". 

Hozirça, BMT Oliy komissarligi boşqarmasi mazkur hujumlarni muxolifatning qaysi guruhlari amalga oşirgani borasida aniq dalilga ega emas. 

Şamdasaniyning qöşimça qilişiça, hukumat kuçlari ham şarqiy Halabga zarba berişda davom etmoqda. Buning oqibatida 12 kişi, jumladan 2 nafar bola halok bölgan.