Texasdagi avtomobil yölida avariyaga uçragan mototsiklçi Kevin Dipenbrok ölişini taxmin qilib, öz yaqinlari va döstlariga murojaat qilingan ölimoldi videosini yozdi. Rolik Knoxville News Sentinel - YouTube-kanalida havola etildi.  

Beş kun içida 700 ming martadan ortiq körilgan rolikda YTHdan keyin yerda yotgan Dipenbrok özini telefondagi videoga oladi hamda yaqinlari va döstlari bilan vidolaşadi. "Men şunçaki sizlarni sevişimni aytmoqçiman. Axmoqligim uçun meni keçiringlar, bilasizlar-ku, mening borim şu", - deydi u. 

Motosiklçi avariyadan bir kun ötgaç topildi va şifoxonaga yetkazildi. U yerda Dipenbrokning 12 qovurğasi 17 joyidan singanligi aniqlandi, bundan taşqari, umurtqa poğonasi bir neça joyidan singan, şuningdek öpka sohasidan lat yegan. Yana bir mototsiklçi - uning dösti Filipp Polito YTHda halok bölgan.