Tailand vazirlar mahkamasi seşanba kuni 14 noyabrdan, ya'ni qirol Pxumipxon Adul'yadet ölimidan bir oy ötgaç, köngiloçar teledasturlar namoyişini qayta tiklaşga ruxsat beriş haqida qaror qabul qildi. Bu haqida jurnalistlarga mamlakat boş vaziri general Prayut Çan-Oça xabar berdi, qisqa intervyu Tailandning Uçinçi milliy kanali orqali namoyiş etildi. 

"Şunga qaramay, telekanallar mamlakat motamda ekanligini unutmasliklari kerak. Körsatuvlarda vazmin ohangni saqlab turiş lozim, bu ayniqsa hajviy  körsatuvlarga taalluqli", - qöşimça qildi hukumat rahbari. 

Tailandda 13 oktabrda hayotdan köz yumgan qirol ölimi munosabati bilan bir yillik motam e'lon qilingan. Qirol ölimidan söng hukumat televideniye orqali bir oy davomida köngiloçar dasturlar namoyişini taqiqlab qöygandi. Şuningdek, hukumat mamlakat fuqarolari va barça taşkilotlardan bu davr içida bölib ötişi rejalaştirilgan tadbirlarni bekor qilişni söragandi.