Janubiy Koreya prokuraturasi prezidentlik hokimiyatini suiiste'mol qiliş bilan boğliq mojaroda boş gumonlanuvçi bölgan Çxve Sun Silni hibsga oldi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Söroq vaqtida Çxve barça ayblovlarni (davlat işlariga aralaşuv va hokimiyat vakillariga ta'sir körsatiş) inkor etdi. Bundan taşqari, u tomondan isbotlarning yöq qilib yuborilişi xavfi bor. Avval u xorijda yaşagan, uning Koreyada doimiy yaşaş manzili yöq va bu uning qoçib ketişi mumkinligidan darak beradi", deb aytdi prokuratura xodimi. Prokuratura xodimining aytişiça, 60 yoşli ayol "juda beqaror ruhiy holatda" bölib, ozodlikka çiqadigan bölsa "u bilan istalgan kutilmagan hodisa röy berişi" mumkin.
Xodimning aytişiça, uşbu holatlarni inobatga olib, ayolni 48 soatga uşlab turişga qaror qilingan. Bu muddat yakunlangandan söng uni hibsga olişga order berilişi mumkin.
Çxve Sun Sil 31 oktabrda köngilli ravişda prokuraturaga keldi. Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi va mahalliy diniy sektalardan birining marhum yetakçisi qizi bundan bir kun avval Yevropada 2 oy bölgandan keyin Janubiy Koreyaga kelgandi. Ayolning advokati aytişiça, u Koreyaga tergov bilan hamkorlik qiliş uçun kelgan va buni töliq tarzda amalga oşirmoqçi.
Ayol Janubiy Koreyaning yirik korporatsiyalarini u bilan boğliq ikkita jamğarma – Mir va K-Sports’ga köp millionlik xayr-ehsonlar qilişga majbur qilişda öz ta'siridan foydalanganlikda ayblanmoqda. Ba'zi OAV ta'kidlaşiça, u jamğarmalar orqali 53 ta kompaniyadan 80 mlrd von (72 mln dollar) miqdorida mablağ olgan. Taxminlarça, bu mablağlardan bir qismi ayol tomonidan xorijda köçmas mulk sotib olişga va qizining öqişi pulini tölaşga işlatilgan. Bundan taşqari, u 250 ming dollarlik bank krediti olişda firibgarlik qilişda ayblanmoqda.
Janubiy Koreya prezidenti esa öz dugonasiga davlat işlariga aralaşişga imkon berganlikda gumon qilinmoqda. Prezident jumladan dugonasiga maxfiy va muhim hujjatlarni, xususan, özining nutqlari matnini berişda, ularga tuzatişlar kiritişga ruxsat berişda va şu tariqa mamlakatning siyosati va iqtisodiyotiga bevosita ta'sir qilişga imkon berişda ayblanmoqda. Ma'lum qilinişiça, davlat xizmati va davlat siridan voqif bölişga heç qanday aloqasi bölmagan Çxve Sun Sil xodimlarni tayinlaş va prezident ma'muriyati işlariga aralaşib kelgan.

















