Davlat departamentining yuqori lavozimli amaldori duşanba kuni Turkiyaning Fathulloh Gulen va uning Pensilvaniyadagi izdoşlariga qöyayotgan ayblovi asosli ekanini ma'lum qildi.
Gulen va uning terrorçi guruhi 15 iyulga ötar keçasi bölib ötgan, 270 kişining ölimiga sabab bölgan harbiy töntaruv harakatini taşkillaştiriş uçun mas'uldir. Boş vazir Binali Yildirimning sözlariga köra, Turkiya Gulenni topşirişni sörab, AQŞ hukumatiga rasman murojaat qilgan.
1979 yilda Turkiya va AQŞ örtasida jinoiy işlar böyiça özaro ekstraditsiya bitimi imzolangan. Turkiya köplab jinoyatçilarni AQŞga ekstraditsiya qilgan bir paytda Vaşington hujjatda bayon etilgan şartlar yöq bölsa, Gulenni topşirişdan boş tortişi mumkin.
Amaldor şaxs jurnalistlarga turk hukumatining Gulenga qarşi ayblovlari jiddiy ekanligini aytdi. U bu mavzuda jurnalistlar uçun brifing ötkazdi, biroq bu masalani omma oldida muhokama qilişga vakolati yöqligi tufayli anonimlikni saqlab qolişni söragan.
Gulen 15 yildan ortiq vaqt davomida AQŞning Pensilvaniya ştatida istiqomat qiladi.
Davlat departamenti vakili Gulen tasarrufidagi xayriya va öquv taşkilotlari şubhali tuzilmalarga ega ekanligini va muayyan reja asosida iş olib boruvçi uyuşgan jinoiy guruh kabi harakat qilganini aytgan.
Brifing Turkiya adliya vazirining boş prokuror Loretta Linç bilan ekstraditsiya borasidagi uçraşuvidan bir neça kun keyin bölib ötgan. Adliya vaziri Bekir Bözdağ Gulenni Usoma bin Lodinga qiyoslagan hamda Vaşington Gulenni Turkiyaga topşirmasa, ikki tomonlama aloqalarga jiddiy ziyon yetkazişi mumkinligidan ogohlantirdi. AQŞ NATO a'zosi bölgan Turkiyani terrorçilik bilan kuraşiş mintaqasidagi muhim ittifoqdoşi, deb hisoblaydi.
AQŞ davlat departamenti xodimi hukumat ayni vaqtda Turkiyaning Gulenga qarşi dalillarini körib çiqayotganligini ma'lum qildi, lekin bu dalillar Gulenning harbiy töntaruv harakatiga qadar sodir etilgan taxminiy jinoyatlarga tegişli ekanligini qöşib qöydi.

















