IŞID terrorçilik guruhi jangarilari tinç aholi vakillarini Mösulning  infratuzilmalari joylaşgan tumanlariga qasddan köçirmoqda. Bu esa harbiy jinoyat hisoblanadi, deya bayonot bergan BMT IHOKB matbuoti kotibi Ravina Şamdasaniy.

"Tinç aholidan tirik qalqon sifatida foydalaniş hamda tinç fuqarolarga ularning xavfsizligi bilan boğliq bölmagan yoxud birinçi darajali harbiy maqsadlarni közlab köçiş buyruğini beriş harbiy jinoyatlar hisoblanadi", — degan u. 

BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissarligi boşqarmasi, şuningdek, IŞIDning yangi ommaviy qatlliklari haqida axborotlarga egaligini bildirgan. Xususan, 29 oktabrda jangarilar Iroq qurolli kuçlarining 40 nafar sobiq askarini öldirgan. Albatta, bu xabar işonçli manbadan olingan bölsa-da, töldirilmagani bois, öldirilganlar soni köp bölişi ham mumkinligini aytgan matbuot kotibi.