Ota-onaga yaxşilik qiliş borasida biz musulmonlarga yaqin keladigan xalqning özi yöq, desak aslo mubolağa qilmagan bölamiz. Çunki ota-onaga yaxşilik qiliş dinimiz ta'limotida bandani Allohga yaqinlaştiruvçi eng afzal amallardan hisoblanadi. Alloh taolo Qur'oni karimda bir neça oyatlarda Öziga ibodat qilişga buyuriş bilan birga ota-onaga yaxşilik qilişga buyurgan. Ularga qilinadigan xizmatni ibodat darajasiga kötargan.
Ha, ota-onasiga itoat qilayotgan farzand, aslida Allohga itoat qilayotgan, U Zotning buyruğini bajarayotgan böladi. Zero ota-ona farzand uçun Alloh taoloning vasiyatidir. U Zot Qur'oni karim oyatlarida ularga yaxşilik qilişga buyurarkan aynan vasiyat siyğasi bilan amr etgan. Vasiyat bilan amrning örtasida farq bor. Amr bir işni qilişga buyruq, vasiyat esa buyruqni öta muhim va ta'kidli ekani va uni esdan çiqariş mumkin emasligini ham ifoda qiladi. Şuningdek, ota-onaga itoatsizlik ham Alloh taologa itoatsizlik, U Zotning buyruğiga böysunmaslikdir.
Şunday ekan, ota-onaga xizmat va itoat qiliş boş ustiga. Lekin, har bir narsaning çegarasi bölganidek ota-onaga itoat qilişning ham çegarasi bor. Alloh taolo aytadi:
وَإِن جَٰهَدَاكَ عَلَىٰٓ أَن تُشۡرِكَ بِي مَا لَيۡسَلَكَ بِهِۦ عِلۡمٞ فَلَا تُطِعۡهُمَاۖ وَصَاحِبۡهُمَا فِي ٱلدُّنۡيَا مَعۡرُوفٗاۖ وَٱتَّبِعۡ سَبِيلَ مَنۡ أَنَابَ إِلَيَّ ثُمَّ إِلَيَّ مَرۡجِعُكُمۡ فَأُنَبِّئُكُمبِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ (سورة لقمان-15)
“Agar ular seni, özing bilmagan narsani Menga şirk keltirişga majburlasalar, bas, ularga itoat qilma! Va ularga dunyoda yaxşilik qil. Menga inobat qilganning yöliga ergaş. Söng, qaytişingiz faqat Mening huzurimgadir. Men sizga nima amal qilganingizning xabarini berurman” (Luqmon 15).
Uşbu oyatda zikr qilingani ota-ona farzandni şirk yoki kufrga buyurişsa, ularga ana şu işda itoat qilmaydi. Çunki Alloh taoloning haqqi ularning haqlaridan ustun hisoblanadi. U Zotga kufr va gunoh böladigan işlarda itoat qilmaydi. Hadisi şarifda ham:
عَنْ عَلِىٍّ رَضِىَ اللَّهُ عَنْهُ قال قال رسول الله صلى الله عليه و سلملاَ طَاعَةَ لأَحَدٍ في مَعْصِيَةِ الله إِنَّمَا الطَّاعَةُ في المَعْرُوفِ رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ
Ali (roziyallohu anhu) aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Allohga gunoh böladigan işda heç kimga itoat yöqdir! Albatta, itoat qiliş ma'ruf-yaxşilik işdadir”, - dedilar”. (Imom Ahmad rivoyati).
Demak, gunohga buyurgan kim bölsa ham unga itoat qiliş yöq. Ota-onaga ham faqat savobli yaxşi işlarda itoat qilinadi. Yana boşqa hadisda:











