Jamiyat | 17:43 / 02.11.2016
6604
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyaga yangi bosh vazir tayinlandi

Foto: © EPA

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe mamlakatning yangi bosh vazirini tayinladi. Endilikda Kim Ben Jun hukumat rahbari bo‘ldi. U Xvan Ge Anning o‘rnini egalladi. Bu haqda Bloomberg xabar bergan. 

Kim Ben Jun bundan oldin Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti No Mun Xening siyosiy maslahatchisi bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida moliya vaziri ishdan bo‘shatilib, uning o‘rnini Im Jon Yun egallagan.

Hukumatdagi o‘zgarishlar Pak Kin Xe va uning dugonasi Tsoy Sun Sil atrofida kechayotgan siyosiy mash-mashalar bilan bog‘liq. Prezidentning dugonasi unga omma oldida o‘qiladigan matnlarni tahrirlab bergan, holbuki u davlat rahbari guruhida bo‘lmagan. Bu Janubiy Koreya jamiyati va siyosiy davralar ichida norozilik keltirib chiqargan. 
 

Mavzuga oid