Britaniya armiyasi Rigada Grenaderlar gvardiya polkining ikki askari iştirokidagi muştlaşuvda Rossiyaning qöli borligini kördi, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Naşrning ta'kidlaşiça, britaniyalik harbiylar "Makdonalds"da ovqatlanib ötirişganda, göyoki ularga noma'lum kimsalar hujum qilib, muştlaşuv keltirib çiqarişgan. Muştlaşuv bölayotgan joyda suratga oliş guruhi paydo bölib, bölayotgan voqeani kameraga ola boşlagan.
Maqola muallifining fikriça, muştlaşuv ataylab uyuştirilgan: suratga oliş guruhi muştlaşuv boşlanişini poylab turgan, söngra esa Rossiyaga röyxuşlik qiluvçi OAVdan birining tahririyatiga yöl olgan.
"Biz bu ataylab uyuştirilganiga aminmiz, ya'ni "Keling bu yigitlarni janjalkaş qilib körsatib, buni videoga olamiz" qabilida iş tutilgan", deb aytdi britan qöşinlaridagi manba.
Biroq ba'zi Latviya OAV muştlaşuv iştirokçilaridan birining otasi aytgan sözlarga iqtibos keltirgan holda muştlaşuvni aynan britaniyalik askarlar boşlaşganini ta'kidlab ötgan.
"Harbiylar özlarini ahmoqona tutdilar va şunçaki kim bilandir muştlaşişga bahona qidirişgan. Boz ustiga ular oyoqda turolmaydigan darajada mast bölganlar. Heç qanday suratga oliş guruhi bölmagan, odamlar bölayotgan voqeani smartfonlar kameralariga yozib olişgan. Umid qilamanki, video paydo bölganda, barça aslida nima yuz berganini öz közlari bilan köra oladi", deb aytdi ota.
Ta'kidlanişiça, muştlaşuv 31 oktabrda sodir bölgan.

















