Germaniya hukumati qoçqinlar ehtiyojlariga federal yerlarga 2,6 mlrd yevro qöşimça mablağ ajratmoqda, deb xabar bermoqda Germaniya moliya vazirligiga iqtibos keltirgan holda Deutche Welle naşri.
Ta'kidlanişiça, mablağlar 2016 yil byudjyetida hisobga olingan maxsus zaxiralardan ajratiladi.
2015 yil sentabrdan beri Berlin federal yerlarga bir qoçqinga bir oyga 670 yevro hisobidan mablağ ajratadi. 2016 yilda bu maqsadlar uçun 6,9 mlrd yevro ajratiş közda tutilgandi, qöşimça mablağ bilan bu qiymat 9,5 mlrd yevroga yetadi. Germaniya hukumati şuningdek 2017 yilda federal yerlarga qoçqinlarni saqlaş uçun avval rejalaştirilgan 5,72 mlrd yevroga qöşimça 1,16 mlrd yevro ajratişga qaror qildi.












