Hindiston xavfsizlik çorasi sifatida Islomoboddagi diplomatik missiyasining 8 nafar xodimini çaqirib oladi, deb xabar qilmoqda NDTV telekanali mamlakat TIVdagi manbaga tayangan holda. 

Rasmiy Dehli ma'muriyati diplomatlarning ismi-şariflari Pokiston OAVlaridagi "josuslik" bilan boğliq xabarlarda e'lon qilingani sabab şunday qaror qabul qilgan. 

Pokiston OAVga köra, rasmiy Islomobod mamlakatdan ikki nafar hind diplomati — Balbir Singx va Rajyeş Kumar Agnixortini çiqarib yubormoqçi. Pokiston hukumati ularni Hindiston maxsus xizmatlariga aloqadorlikda gumon qilgan. 

Bir kun avval, Pokiston hukumati ham Hindistondan xavfsizlik çoralari sifatida tört nafardan olti nafargaça diplomatik xodimini çaqirib olgani xabar qilingan edi. Bunga ham Hindiston OAVda tört nafar pokistonlik diplomatlarning ismi-şarifi çop etilgani sabab bölgan. 

2016 yil 27 oktabrida uşbu ikki mamlakat örtasida "josuslik" mojarosi yuzaga keldi. Öşanda, Hindiston rahbariyati Pokistonning Dehlidagi diplomati Mahmud Axtarni ayğoqçilikda gumon qilib, “persona non-grata” deya e'lon qildi. Oradan bir neça soat ötgaç, Pokiston hukumati ham javob çorasi körib, hind diplomati Surjit Singxni ayni ayblov bilan mamlakatdan çiqarib yuborişini bildirdi.