Iqtisodiyot | 11:13 / 03.11.2016
8160
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda “Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar” Xalqaro forumi boshlandi

Foto: Uzreport

Bugun poytaxtda “Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar” Toshkent xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.
Forum doirasida mass-media, reklama va marketing bozorining hozirgi rivojida birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab mavzular, shu jumladan, global va mahalliy mediasanoatni rivojlantirish istiqbollari; distributsiya tamoyillari va xalqaro TV-kontentning lokal adaptatsiyasi; media-kontentni shakllantirish va tezkor yetkazish sohasidagi innovatsion yechimlar; teleauditoriyani o‘lchash va tomoshabinlar istagini aniqlashning xususiyatlari; reklama-marketing strategiyasining asosiy trendlari va nostandart usullari; media agentliklarining bugungi kun vaziyatida ishlash istiqbollari va boshqalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Tadbirda asosan teleradiokompaniyalar va boshqa mass-medialar, reklama va kreativ agentliklari, kabel, raqamli va sun'iy yo‘ldosh operatorlarining rahbarlari va yetakchi mutaxassislari, dasturiy ta'minot  va telekom-uskunalar ishlab chiqaruvchilar, media-kontent prodyuserlari va distribyutorlari, shuningdek, tovarlar va xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalarning marketing, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha TOR-menejyerlari qatnashmoqda. 

Yurtimiz media-tuzulmalarining rahbarlari bilan bir qatorda tadbirda ishtirok etish uchun obro‘li xalqaro ekspertlar, ya'ni teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar sohasining professionallari, reklama,  marketing,  IT va telekom-texnologiyalar  sohasining mutaxassislari ham taklif etilgan. Jumladan, Reuters Television London, Thomson Reuters Biznes-menejyeri– Timoti Arlott; FremantleMedia Group Ltd formatlar sotish bo‘yicha direktori–   Anna Kirsipu ;–  Regionalnyy direktor SARAN MEDIAning mintaqaviy direktori Meyerim Chotbayeva;  Huawei Technologies Co. Ltdning sotuvlar va marketinglar bo‘yicha direktori - Jaret Forster Potts; «Sony Electronics» AJ kompleks yechimlarni rivojlantirish bo‘limi rahbari - Dmitriy Bunevich; SoftLab-NSK multimedia bo‘limining rahbari - Mixail Shadrin; Dentsu Aegis Network Kazakhstan bosh direktori - Viktor Yeliseyev;Interneshnl Media Servisning boshqaruvchi hamkori - Valeriy Mashtakov; TNS Central Asia iTRAM direktori - Aleksandr Yemelyanov; «TeAM Marketing» ning sotuvlar bo‘yicha menejyeri -  Mixails Starodubovs   va boshqalar  Forum auditoriyasi bilan o‘z tajriba va fikrlarini o‘rtoqlashadi.
Umumiy hisobda Forumda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Xitoy, Isroil, Shveytsariya, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya kabi davlatlardan 200 dan ortiq vakil (delegat) ishtirok etmoqda.

Forum qatnashchilarga o‘zaro hamkorlikning turli formatlarini, ya'ni    sho‘'ba yig‘ilishlari, panel diskussiyalar, savol-javoblar va maxsus tashkil etilgan “Tanishuvlar sessiyasi” ko‘rgazmasini taklif qiladi. Ko‘rgazma davomida kompaniyalar o‘z xizmatlari va mahsulotlarini boshqa ishtirokchilar e'tiboriga havola qilishlari va ular orasidan potensial hamkorlar – agentlar, buyurtmachilar yoki pudratchilarni topishlari mumkin bo‘ladi. 

Forum tashkilotchisi – SAIPRO axborot-reyting agentligi bo‘lib, unga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalarini rivojlantirish va kommunikatsiyalar vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish Davlat qo‘mitasi hamda Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi rasmiy ko‘mak bermoqda.

Tadbirning bosh hamkori - "Huawei Tech Investment Tashkent"  MChJ ChK, homiylar   – “O‘zbekiston kabel televideniyesi”, “ZO'R TV” telekanali va «Mail.Ru Group» internet-kompaniyasi, tadbirning texnik hamkori “O‘zbektelekom” AK, telekommunikatsion hamkor esa “UMS” mobil aloqa operatori.

Mazkur keng ko‘lamli professional tadbirning bosh axborot ko‘makdoshi – “UZREPORT TV” telekanalidir.

Mavzuga oid