Beeline aloqa operatorining Özbekistondagi abonentlari soni joriy yilning uçinçi çoragi yakunlariga köra 9,6 millionni taşkil etdi. Bu haqda «VympelKom» guruhi hisobotida keltirilgan deb yozadi "Gazeta.uz" naşri.
Taqqoslaş uçun, 2015 yilning xuddi şu davrida bu körsatkiç 10,2 millionni taşkil etgandi.
Kompaniyaning umumiy tuşumi yanvar-sentabr oylarida 502 mlrd sömni taşkil etib, bu ötgan yilning xuddi şu davridagi körsatkiçga nisbatan 5 foiz köp demakdir. Bunda mobil aloqa xizmatidan olingan daromad 499 mlrd söm (+5 foiz), şu jumladan, ma'lumotlarni yetkaziş xizmati — 95 mlrd söm (+7 foiz)ni taşkil etdi. Kapital xarajatlar esa 112 mlrd sömdan iborat böldi.
EBITDA körsatkiçi (asosiy vositalarning işdan çiqişi, nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va aktivlarning qadrsizlanişi bilan boğliq zararlarni ayirib taşlaşgaça bölgan operatsion foyda) 11 foizga ösib, 287 mlrd sömga yetdi.
Yanvar-sentabr oylarida bir nafar abonentga örtaça oylik hisob (ARPU körsatkiçi) 17,52 ming sömni, ötgan yilgi körsatkiçdan 14 foiz köproqni taşkil etdi. MOU körsatkiçi (bir oyda bir abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar körsatkiçi) — bir yil avvalgi 550 daqiqaga nisbatan 558 daqiqa.












