Germaniya turk muxolif imomi Fathulla Gulenning tarafdorlari uçun boşpanaga aylangan, deb aytdi 3 noyabrda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Germaniya içki işlar vazirligi ötgan haftada Turkiyadagi davlat töntaruviga urinişdan keyin turk diplomatik pasportlariga ega 35 kişi Germaniyada boşpana söraganini rasman tasdiqladi.
"Biz ularga terrorçilik taşkiloti a'zolarini berişni taklif qilganimizda, Germaniya bunga roziligini, ular bizga oğir jinoyatlarda ayblanayotganlarni bera olişlarini, biroq siyosiylarni bera olmasliklarini aytişadi. Biz doimo aytib kelamiz, terrorçilik taşkiloti misli çayon kabidir, bir kun ögirilib çaqib oladi. Men Germaniya taqdiridan xavotirdaman. Bu mamlakat terrorçilar boşpanasiga aylangan, u terrorçilik taşkiloti a'zolarini himoya qilişni afzal körmoqda", deb aytdi Erdöğan Anqarada madaniyat arboblarini mukofotlaş marosimida.
Uning aytişiça, Anqara Germaniya kansleri Angela Merkelga Germaniyada bölgan Gulenning tarafdorlari ayblarini isbotlovçi 4 ming hujjat topşirgan.
"Yevropa Ittifoqining eng muhim davlati terrorçilarni qöllab-quvvatlaşini heç tuşunolmayman. Agar Germaniya terrorçilar Gulenning tarafdorlari yoki yöqligiga şubha qilayotgan bölsa, Anqaraga, parlamentga kelsinlar va 15 iyulda nima sodir bölganini körsinlar. Ular Gulenning tarafdorlari Turkiyada uşlanayotganlarini xavotir bilan kuzatayotganlarini aytmoqdalar. Biz esa ularning gaplarini nafaqat xavotir, balki körquv bilan kuzatmoqdamiz. Bizning içki qonunçiligimiz heç kimni taşvişlantirmasligi kerak", deb qöşimça qildi Erdöğan.












