Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShni mintaqadagi strategik vaziyatni buzmaslikka chaqirdi
AQShning Janubiy Koreyada THAAD raketa mudofaa tizimining (RMT) joylashtirishi mintaqadagi strategik muvozanatni jiddiy ravishda buzadi, Xitoy xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralar qabul qilish huquqini o‘zida qoldiradi. Bu haqida 4 noyabr, juma kuni XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin ma'lum qildi.
Bundan avval Ryonxap agentligi Janubiy Koreyada amerikalik harbiylariga boshchilik qiluvchi Vinsent Bruksning xabariga tayanib, yaqin 8-10 oy ichida Janubiy Koreyada AQShning THAAD yuqori texnologiyali raketa mudofaa tizimi ishga tushirilishini ma'lum qilgandi.
"Xitoy tomon bu masalada ko‘p marotaba o‘zining xavotiri va noroziligini bildirgan. Xitoy o‘z xavfsizlik manfaatlari himoyasi uchun barcha zarur choralarni ko‘radi. Shu bilan birga, biz tomonlarni Xitoyning qonuniy xavotirini inobatga olishga va bu jarayonni to‘xtatishga chaqiramiz", - dedi Xua Chunin.
U Janubiy Koreyada THAAD raketa mudofaa tizimining joylashtirilishi mintaqadagi, shu jumladan Xitoydagi strategik muvozanatni buzishini ta'kidladi. "AQShning harakatlari xalqaro jamoatchilikning Koreya yarim orolida tinchlik va barqarorlikni ta'minlash harakatlariga ziddir. Bugungi kunda Koreya yarim orolidagi vaziyat favqulodda murakkab ahvolda", - dedi Xua Chunin. XXR tashqi siyosiy idorasining rasmiy vakili Amerika va Janubiy Koreya yarim oroldagi ziddiyatlarni keskinlashtirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan saqlanishlariga umid bildirdi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026