Iroq harbiylari Mösul şahri şarqidagi 6ta kvartalni IŞID jangarilaridan ozod qilgan. Bu haqda şaharni ozod etiş böyiça harbiy amaliyotga boşçilik qilayotgan general-leytenant Abdulamir Yaralla ma'lum qilgan.

«Aksilterror bölimlar bugun Mösul şarqidagi Al-Malyain, As-Samah, Al-Xadra, Kirkukli, Al-Quds va Al-Karama mavzelarini ozod qilişdi», — degan u mahalliy telekanal efiri orqali.

Uning sözlariga köra, bu mavzelarda janglar tugagaç, bu mavzelardagi davlat muassasalari binolarida Iroq bayroqlari kötarilgan.

1 noyabr kuni Iroq armiyasi Mösuldagi kvartallardani birini jangarilardan töla ozod qilgani ma'lum bölgandi.