Sport | 10:21 / 04.11.2016
5877
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino «Fenerbahche» bilan o‘yin haqida gapirdi

Foto: VVS

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa Ligasi guruh bosqichining 4-turida Turkiyaning «Fenerbahche» jamoasidan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Raqibimiz g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdi. Futbolda ba'zida asosiy o‘ringa sifatli o‘yin emas, tirishqoqlik, g‘alaba uchun fidokorlik chiqadi. 2-daqiqadayoq gol o‘tkazadigan jamoa esa o‘yinga ruhan tayyor bo‘lmagan bo‘ladi.

Shogirdlarimning diqqatni yo‘qotishi raqiblarga yordam berdi. Ikkinchi goldan keyin o‘ziga kelishgach, bolalar vaziyatni o‘nglashga harakat qilishdi, lekin faqat bitta gol bilan kifoyalanishdi. Lekin maydonga tushgach, o‘z kuchingni 90 daqiqaga teng taqsimlay olishing kerak bo‘ladi.

Bizning muammo o‘yinga yondashuvimizda edi. «Fenerbahche» YeChL finalida o‘ynayotgandek harakat qildi, biz esa yarim o‘rtoqlik uchrashuviga tushgandek», — degan VVS efirida.

4-tur o‘yinlaridan keyin «Feyyenoord» va «Fenerbahche» A guruhida 7 ochkodan to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda, «Manchester Yunayted»da 6 ochko bor, «Zarya» esa 2 ochkoga ega.

Turkiyaliklar keyingi turda, 24 noyabr kuni «Zarya»ni qabul qiladi, «qizil iblislar» esa shu kuni «Feyyenoord» bilan o‘ynaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid