Forta Business Education yoxud Özbekistonda tadbirkorning muvaffaqiyati sirini oçib beradigan öquv maskani haqida
Mehriniso Abdurazzoqova — faqat özbek tilida maxsus biznes seminarlar ötkaziş orqali tadbirkorlarga biznes sirlarini örgatiş bilan şuğullanadigan Özbekistondagi yagona trening markazi rahbari.
Biznes olamiga ilk qadamlarini qöyganda, birinçi muvaffaqiyatdan söng birinçi omadsizlikni ham körgaç, tadbirkor böliş uçun albatta ilm kerak ekan degan xulosaga kelgan. Asl kasbi pedagog bölgani uçun, hamma sohada ilm oliş muhim degan fikrda. Lekin tadbirkorlikka qayerda öqitiladi? Tadbirkor degan diplomni kim beradi? Biznesdagi sir-asrorlarni kim ham raqobatçisiga oçadi?
Mehriniso Abdurazzoqova intiluvçan va izlanuvçanligi sababli öşa paytlarda ayni muammoning yeçimini topdi. Yeçim rivojlangan xorijiy davlatlardan, tadbirkorlar uçun taşkil qilinadigan maxsus seminarlardan topildi. Biznesda foyda topiş uçun albatta sarmoya kiritiladi, lekin har qanday katta miqdordagi sarmoyani ham ilmsizlik oqibatida boy berib qöyiş mumkin. Mehriniso Abdurazzoqova bu nuqtada ikkinçi yölni, sarmoyani öz ilmiga kiritiş yölini tanladi.
Yölni uzoq, tadbirni serxarajat demasdan, imkon topib, dunyoning bir neça mamlakatlariga aynan tadbirkorlik böyiça misqollab ilm yiğiş uçun bordi va dunyoga maşhur trenerlarning maxsus biznes seminarlarida böldi: Filipp Kotler (AQŞ)ning Diplomini olişga muvaffaq böldi. Keyin esa Lars Vallentin (Şveytsariya)ning seminarida iştirok etdi. Ammo özining aytişiça, birinçi marta borganida heç nimani tuşunmagan. Samolyot çiptasi, boşqa xarajatlar va treningga tölangan mablağlarni seminarda qöllangan juda köp yangi terminlarni tuşunmaganligi uçun «suvga oqizib kelgan». Lekin közlagan maqsadiga erişmasdan qöymaydigan, intiluvçan bu ayol ikkinçi bor yana Lars Vallentinning aynan öşa mavzudagi seminarida takror iştirok etadi. Mana şunday qilib, bosqiçma-bosqiç u muvaffaqiyat zinasidan çiqa boşlaydi. Keyin esa har birining çiptasi 500 dan 2000 yevrogaça turadigan seminarlar: Aleksander Levitas (Isroil, Diplom), Masaru Fujivara (Yaponiya, Sertifikat), Maykl Bing (Daniya, Sertifikat), Dmitriy Diçkovskiy (Belarus, Sertifikat), Maksimilian Fodinger (AQŞ, Sertifikat), Igor Kaçalov (Rossiya, Sertifikat), Igor Mann (Rossiya, Sertifikat), Jon King (AQŞ, Sertifikat)larning ham treninglarida qatnaşadi. Bularning barçasida olgan ilmlari özining va döstlarining biznesda muvaffaqiyatli rivojlanişiga yordam berdi.
Ammo boşqa tadbirkorlar-çi? Ularni kim öqitadi? Özbekistonda ularga kim biznes treninglar ötadi? Töğri, sönggi paytlarda bir neça trenerlar Özbekistonga kelib, seminarlar ötişmoqda. Ammo ular özbek tilida emas. Va albatta ularda aynan Özbekistondagi öziga xos holat hamda milliy an'analar va qadriyatlar mazmunidan kelib çiqib yondaşiş yöq. Kamiga, bunday seminarlarda iştirok etiş uçun çiptalar narxi juda baland (örtaça 1 million söm). Şu sababli ham, Özbekistondagi tadbirkorlarga, ayniqsa yoş, endi iş boşlayotgan, hali turli xorijiy davlatlarga borib, treninglarda iştirok etişni iqtisodiy ahvoli kötarmaydigan tadbirkorlar uçun maxsus seminar treninglar ötkazişni maqsad qildi. Oktyabr oyida ötkazilgan ilk treningda 200 dan ortiq tadbirkor iştirok etib, unga yuqori baho berdi. Bundan ruhlangan Mehriniso Abdurazzoqova köp sonli tadbirkorlarning iltimoslari va takliflariga binoan 6 noyabr kuni Toşkentga, 12 noyabrda Andijonga, 19 noyabrda Namanganga va 26 noyabr kuni Qöqonga taşrif buyuradigan böldi. Dekabr oyida esa Samarqand va Buxoro viloyatlariga safar rejalaştirilmoqda.














