Bugun Turkiya janubi-şarqidagi Diyorbakir şahrida amalga oşirilgan terakt Kurdiston işçilar partiyasi tomonidan amalga oşirilgan. Bu haqda Diyorbakir viloyati gubernatoriga asoslanib, Reuters xabar tarqatdi.

Portlaş mahalliy vaqt bilan soat 08:00da avtomobilga örnatilgan portlovçi qurilma harakatga keltirilişi orqali sodir etildi. Maşina politsiya bölimi binosi yaqinida portladi. Terakt oqibatida 8 kişi halok bölib, 100dan ortiq kişi jarohatlandi.

Bu hujum Turkiyada muxolifat partiya hisoblanuvçi Xalqlar demokratiyasi partiyasi a'zolari hibsga olinişi ortidan amalga oşirildi.

Bu hodisadan keyin Turkiyada Facebook, Twitter, YouTube va WhatsApp faoliyatiga tösiq qöyilgan.

Ma'lum qilinişiça, blokirovkada trottling uslubidan foydalanilgan. Bunda saytlarning işlaşi tezligi minimum darajagaça tuşiriladi.