Turkiyaning janubi-şarqida Kurdiston Işçilar partiyasiga qarşi keng kölamli amaliyot ötkazilmoqda.

Çegara hududidagi Diyorbakir va Bingel viloyatlarida joylaşgan Kulp, Lidjye va Xani tumanlarida ötkazilayotgan uşbu tadbirlarga xavfsizlik kuçlarining 7 ming nafardan ortiq xodimi jalb etilgan.

Diyorbakir gubernatori ma'lumotiga köra, Lidjye tumanida terrorçilarga aloqadorlikda gumon qilinib, 2 kişi qölga olingan. Şu hududda joylaşgan ikkita qişloqdagi 8ta uy tintuv qilingan.

Umuman, amaliyot boşlangan 5 mart kunidan buyon şu vaqtga qadar partiya vakillari yaşirinadigan 19ta  boşpana, şuningdek partiyaning 7ta obekti va ulkan miqdordagi giyohvand moddalari partiyasi yöq qilingan.