Turkiyada referendum vaqtida mamlakatning Diyorbakir şahrida ikki guruh örtasida otişma röy berişi oqibatida ikki kişi halok böldi. Bu haqda NTV telekanali xabar tarqatdi.

Xabar qilinişiça, otişma saylov uçastkasi oçilgan maktab yaqinida röy bergan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, töqnaşuv siyosiy qaraşlari turli bölgan ikki guruh örtasida kelib çiqqan.

Uşbu referendumda Turkiyada oçilgan 167140 saylov uçastkasida 55 mln 319 ming 222 fuqaro ovoz berişi mumkin. Bundan taşqari, qamoqxonalarda yana 461ta saylov uçatkasi oçilgan. Turkiyadan taşqaridagi turkiyaliklar muddatdan oldin ovozlarini berib bölişgan.

Joriy referendumga qöyiladigan asosiy masala Turkiyada prezident boşqaruvi tizimining kiritilişi böladi.

Turkiya konstitutsiyasiga 18 ta özgartirişni kiritiş qonuniga köra, agar özgartirişlar qöllab-quvvatlansa, prezident boşqaruvi şakliga ötiladi, parlament deputatlari soni 550 nafardan 600 nafargaça oşiriladi, parlamentga saylaniş uçun yoş çegarasi 25 yoşdan 18 yoşgaça tuşiriladi.

Agar referendum iştirokçilari konstitutsiyaviy islohotni qöllab-quvvatlaşsa, Erdöğan çeklanmagan vakolatga ega böladi va u yana ikki marta prezidentlikka saylanişi mumkin böladi. Ötkazilgan oxirgi sörovlarga köra, taklif etilayotgan özgarişlarni ma'qullovçilar köproqni taşkil qilgan (46-47 foiz kişi "ha" deydi, 43-44 foiz kişi "qarşi" böladi, 10 foiz atrofidagi kişi hali bir qarorga kelmagan).