Juma kuni tongida Turkiyaning janubi-şarqidagi Diyorbakir şahrida joylaşgan Boğlar tumanida kuçli portlaş röy berişi oqibatida kamida bir kişi halok bölib, 30dan ortiq kişi jarohatlandi. Bu haqda Reyter agentligi xabar qildi.
Manba ma'lumotiga köra, mina örnatilgan avtomobil politsiya mahkamasiga kelib urilgan. Bu yerga biroz oldinroq Xalqlar demokratiyasi partiyasining hibsga olingan muxolifatçi kurdparast deputatlari keltirilgandi.
Ayni vaqtda politsiya xodimlari voqea joyida hodisa tafsilotlarini örganişmoqda.
Hibsga oliş işlari bir vaqtning özida Anqara, Diyorbakir va boşqa şaharlarda olib borilgan.
Reuters agentligining oxirgi ma'lumotlariga köra, parlamentning 11 deputati qölga olingan, qölga olinişi kerak bölgan yana 2 deputat xorijda.
Turkiya parlamenti spikeri örinbosari Pervin Buldan Xalqlar demokratiyasi partiyasining muxolif kurdparast deputatlari bilan birga hibsga olingani haqidagi ma'lumotni rad qildi.













