BMW kompaniyasi BMW i bölimining 3 yilligini nişonladi. Kompaniya 2013 yilda subbrendi işga tuşirilişi vaqtidan beri butun dunyo böylab elektr dvigatelli maşinalardan 100 ming dona sotgan.
Kompaniyaning eng köp sotiluvçi elektrokari i3 xetçbeki hisoblanadi, bu maşinadan umumiy hisobda 60 mingdan köproq sotilgan. Model "sof" elektr dvigatelli hamda quvvatlaş uçun işlatiladigan ikki silindrli qöşimça içki yonuv dvigatelli variantda taklif qilinadi. Elektrokar yaqinda yangi batareya bilan jihozlandi va buning evaziga avtomobilning yuriş zaxirasi 1,5 barobarga oşdi.
BMW i8 gibrid kupesi butun dunyo böylab 10 mingdan köproq sotildi. Bu maşinada eDrive elektr dvigateli bilan birga 1,5 litrli turbomotor örnatilgan. Yana 30 mingta iPerformance avtomobilidan sotildi. Bu brend ostida BMW’ning oddiy modellari negizida qurilgan gibridlar sotiladi, bular: 740Le xDrive va 330e sedanlari, X5 xDrive40e va X1 xDrive25Le krossoverlari, 225xe kompaktveni.
Yaqinda BMW Group MINI Cooper S E Countryman ALL4 gibridini namoyiş qildi. BMW 2018 yilda i8 Roadster, 2019 yilda MINI, 2020 yilda esa BMW X3 elektrokari işlab çiqarişni rejalaştirgan.
Hozirda kompaniya öz ustuvor yönalişlarini özgartirmoqda: kompaniya "yaşil" texnologiyalarni rivojlantirişda muayyan muvaffaqiyatlarga erişgani sababli, özining ilğor bölimini avtopilotli avtomobillarni işlab çiqarişga yönaltiradi. BMW iNEXT şartli nomiga ega kompaniyaning bunday modeldagi birinçi maşinasi 2020-yillar boşida paydo böladi.












