Germaniyaning Myunxen şahri prokuraturasi Facebook asosçisi va rahbari Mark Tsukerberg hamda kompaniyaning bir qator top-menejyerlari – boşqaruvçi direktor Şeril Sendberg, Yevropadagi siyosat masalalari böyiça vitse-prezident Riçard Allan va uning berlinlik hamkasbi Yeva-Mariya Kirşziperga nisbatan tergov boşladi. Bu haqda 4 noyabrda Spiegel Online xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, ular millatlararo adovatni avj oldirişga şeriklikda ayblanmoqdalar. Vyurtsburglik advokat Çan-yo Tszyun bergan da'vo arizasida ijtimoiy tarmoq rahbariyati qotilliklar, zöravonlikni qöllaşga tahdidlar, xolokostning inkor qilinişi va boşqa qoidabuzarliklarga qarşi çaqiriqlarning tarqalişiga qarşi kuraşmayotgani aytilgan.
Da'vo arizasida kompaniya qonunga xilof kontent haqida bila turib uni öçirib taşlamagan bir qator holatlar qayd qilib ötilgan.
Naşrning ta'kidlaşiça, ijtimoiy tarmoq Germaniyada şubhali postlarni tarqatişga munosabat bildirmasligi uçun bir neça marotaba tanqid qilingan. Tsukerberg fevralda xeyterlar (tajovuzkor odamlar) muammosini hal qilişga va'da bergandi.
"Bu juda muhim masala. Xeyterlar – bu dahşat, ularga Facebook’da joy yöq. Germaniyada biz bu muammoni unça yaxşi uddalay olmadik. Biroq va'da beraman, biz uni albatta hal qilamiz", deb aytgandi Tsukerberg.












