Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqdagi portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
Iroqning Kirkuk viloyatidagi portlash oqibatida 12 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, politsiyaga tegishli bo‘lgan transport vositasi portlagan. Ma'lum qilinishicha, mahalliy aholi orasidan bir guruhi transport vositasida IShID nazorati ostidagi Xavija shahrini tarq etmoqchi bo‘lgan. Qurbonlar orasida, ayollar, bolalar va politsiya xodimlari bor.
Hozircha voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Taxminlardan biriga ko‘ra, portlash transport vositasi jangarilar qoldirgan minani bosib olishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Yana bir taxminga ko‘ra, yo‘lovchi ayollardan birining yuki orasida portlovchi qurilma bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026
Monakodagi portlashda ukrainalik millioner jabrlandi
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
12:24 / 10.06.2026