Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mogerini Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan mamlakatdagi hibsga olishlarni muhokama qildi
Foto: © AFP
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu va Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha vazir Omar Chelik bilan Turkiyadagi hibsga olishlarni muhokama qilganini ma'lum qildi. U bu haqda tvitterda yozdi.
"Men telefon orqali Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu va Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha vazir Omar Chelik bilan Xalqlar demokratiyasi partiyasi a'zolari va boshqa deputatlarning hibsga olinishlarini muhokama qildim", deb ma'lum qilgan Mogerini.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim kurdparast Xalqlar demokratiyasi partiyasi deputatlari jinoiy ish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdan bosh tortganlari uchun hibsga olinganlarini ma'lum qilgandi.
Yildirimning aytishicha, terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaydiganlar o‘z qilmishlariga javob berishlari kerak.
Mavzuga oid
00:30 / 01.03.2026
Erdo‘g‘an Eronga qilingan hujumlarni qoraladi
16:55 / 27.02.2026
«Chirigan jasad izidan» – O‘zbekistonda o‘ldirilgan Turkiya fuqarosining qotillari qanday topildi?
21:05 / 26.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
16:09 / 25.02.2026