Niderlandiyada 2017 yil oxiriga kelib plastmassadan tayyorlangan birinçi yöl paydo böladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Bunday avtomobil yöli yuklamani asfalt kabi kötara oladigan maxsus modullardan yiğiladi. An'anaviy yöl qoplamasiga nisbatan plastik modullar ança kamroq vaznga ega va ularni oson taşiş mumkin, tuproq esa kamroq darajada çökadi.
Plastik modullar konstruksiyasida kabel va turli kommunikatsiyalarni ötkaziş uçun böşliqlar közda tutilgan. Modullar öz xizmat muddatini ötagandan keyin, ularni qayta işlab, yana işlatiş mumkin.
"Bizda Wavin va Total kompaniyalari bilan birgalikda bu loyihani amalga oşiriş böyiça aniq qadamlarni boşlaş uçun yetarliça bilim, tajriba va zaxiralar mavjud. Bunday yöl prototipi 2017 yil oxirigaça paydo bölişiga umid qilmoqdamiz", deb aytdilar antiqa yöl qoplamasi ixtiroçilari.
Qayta işlangan plastikdan yöl yotqaziş ğoyasi 2015 yilda paydo bölgan. Öşanda Niderlandiya kompaniyasi AQŞdagi asfalt yöllarni plastikdan işlanganiga almaştirişni taklif qilgan.












