AQŞ prezidenti Barak Obama 72 nafar mahbuslar muddatini qisqartirdi, deb xabar qilmoqda Hill naşri.

Ta'kidlanişiça, ularning aksariyati giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyatlar uçun sudlangan bölgan. 

«Prezident – bizning xalqimiz ikkinçi imkoniyat millati ekani, ötmişda qilingan xatolar, afsus qilgan kişilarning jamiyat hayotiga qöşilişiga tösqinlik qilmasligini isbotlaydigan mamlakat fuqarolari ekanini namoyiş etiş maqsadida, afv etişdan foydalanib turadi», — degan Oq uy advokati Nil Eglston.

Bundan avval, Barak Obama 111 nafar mahbusning jazoni ötaş muddatini kamaytirgan edi.