Sport | 11:56 / 06.11.2016
6218
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya regbichilari tarixda ilk marta Irlandiyaga yutqazdi

Foto: AR

Regbi bo‘yicha Yangi Zelandiya terma jamoasi Xalqaro kuzgi o‘yinlar seriyasida Irlandiya regbichilariga 29:40 hisobida yutqazdi. Uchrashuv AQShning Chikago shahrida o‘tkazilgan.

2016 yilgi Xalqaro kuzgi o‘yinlar seriyasida 10 jamoa ishtirok etmoqda: Avstraliya, Argentina, Yangi Zelandiya, JAR, Angliya, Fransiya, Irlandiya, Italiya, Shotlandiya va Uels.

Yangi Zelandiya va Irlandiya regbi terma jamoalari o‘rtasidagi ilk uchrashuv 1905 yilning 25 noyabrida Dublinda o‘tkazilgan va o‘shanda yangi zelandiyaliklar 15:0 hisobida g‘alabaga erishgandi. Shu vaqtgacha jamoalar 29 uchrashuv o‘tkazilgan va ulardan faqat birida irlandlar durangga erisha olgandi (1973 yilning 20 yanvarida - 10:10), oxirgi to‘qnashuvdagi g‘alaba esa irlandlar uchun tarixdagi birinchi g‘alabaga aylandi.

Bundan tashqari, irlandiyaliklar Yangi Zelandiya vakillarining xalqaro arenalardagi 18 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi.

Mavzuga oid