«Mançester Siti» boş murabbiyi Xosep Gvardiola «Midlsbro» (1:1) klubiga qarşi öyindan keyin öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Öyin haqida
Biz ğalaba qozoniş uçun rostdan ham hamma işni qildik, öyin nazorati bizda edi, biroq sönggi daqiqada gol ötkazib yubordik. Afsus.
«Barselona» bilan öyindan keyingi eyforiya haqida
«Barselona» ustidan qozonilgan ğalaba bizga salbiy ta'sir qilgani yöq. Bu natijaga öşa öyindan keyin yuzaga kelgan eyforiya sabab emas. Biz 3 yoki 4 gol urişimiz mumkin edi. Olti yoki yettita juda yaxşi imkoniyatlarga ega bölgandik, ularni golga aylantira olmadik. Ikkinçi golni urib, öyinga nuqta qöyiş kerak edi.
Raqiblarda imkoniyat paydo bölgani haqida
Qoqilganimizni tan olaman, biroq çempionat hali uzoq davom etadi. Öz maydonimizdagi sönggi 3 öyinda 6 oçko yöqotdik, biroq haliyam peşqadamlar safidamiz. Oldinga harakatlanişda davom etişimiz kerak.












