Turkiya sudi Xalqlar demokratiyasi partiyasi deputatlari, şu jumladan partiya hamraisi Salohiddin Demirtoş va Figen Yuksekdagni hibsda saqlaş xususida qaror qildi, deb xabar qilmoqda NTV telekanali.
Partiyaning 4 noyabrga ötar keçasi uşlangan 12 nafar a'zosidan 9 nafari hibsda saqlanmoqda. Demirtoş Edirne viloyati, Yuksekdag Kojaeli viloyatidagi qamoqxonalarga keltirilgan. Ular mahkama jarayonlari yakunigaça yoki ularga nisbatan yangi qarorlar qabul qilinguniça hibsxonada saqlanadi.
Deputatlar prokuraturaga çaqirilganlariga qaramay, kelmaganliklari uçun uşlangani xabar qilinmoqda. Turkiya hukumati XDPni terrorizmga kömak beriş va taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi bilan aloqalarda ayblamoqda. Demirtoşga nisbatan halqni isyonga çorlaş aybi ham ilgari surilayapti.

















