Google va YouTube ertaga, 8 noyabrda bölib ötadigan AQŞ prezidentlik saylovlarini töğridan-töğri translyatsiya qiladi. Bu haqida Google öz blogida xabar berdi.
Ovoz beriş jarayoni tugagandan keyin Google va YouTube'da tegişli sörov asosida ovoz berişning oraliq natijalari haqida ma'lumot oliş mumkin böladi. Gap faqat prezidentlik poygasi haqida emas, balki Kongress va Senatdagi örinlarning taqsimlanişida ham ketmoqda.
Manbaga köra, qidiruv natijalari 30dan ortiq tilda taqdim etiladi.
Ovoz beriş jarayonining tugaş vaqti ştatiga qarab farqlanadi.
Saylov kuniga qadar YouTube'da köplab töğridan-töğri translyatsiyalar berildi: foydalanuvçilar ularni tomoşa qilişga jami 20 million soat sarflaşgan. Prezidentlik poygasining sönggi kunida videoxosting PBS, NBC, MTV, Bloomberg, ispan tilidagi Telemundo telekanallari hamda The Young Turks veb-şousining jonli efirlarini taqdim etadi.













