Iroq armiyasi Mösul şahrini ozod etiş uçun olib borilayotgan harbiy harakatlar davomida IŞIDning 2 mingdan ortiq jangarisini yöq qildi. Bu haqda Naynava viloyatini ozod etiş amaliyotiga rahbarlik qilayotgan brigada generali Najm al-Jaburi ma'lum qilgan.
"Dastlabki ma'lumotlarga köra, Mösuldagi harbiy amaliyotlar davomida IŞIDning 2 ming nafardan ortiq jangarisi yöq qilingan. Ular orasida guruhlar qömondonlari ham bor", degan general "As-Sumariya" telekanali orqali.
Ayni vaqtda iroqlik harbiylar Mösul şahri ğarbiy çegaralaridan 6 km masofada turibdi.
Generalning qayd etişiça, koalitsiya samolyotlari jangarilarning muhim infratuzilmalarini, öq-dori va harbiy texnikalar saqlanadigan omborlarini yöq qilib, iroqlik harbiylarga muhim yordamlarni körsatmoqda.
Mösulni ozod etiş uçun amaliyot 17 oktabr kuni boşlangandi. Unda Iroq armiyasi, xavfsizlik xizmatlari, kurd bölinmalari va şianing harbiylaşgan guruhlarini özida jamlagan 100 ming kişilik qöşin iştirok etmoqda. Ularning koalitsiya samolyotlari havodan turib qöllab-quvvatlamoqda.












