Moskva arxitektura qömitasi Moskva daryosi ustidan ötuvçi eng baland simli köprik qurilişini ma'qulladi. Uni quriş işlari keyingi yildan boşlanadi. Bu haqda Moskva hokimiyatining rasmiy portalida xabar berilgan.

Ma'lum qilinişiça, köprik “Narodnogo Opolçeniya” va “Nijniye Mnevniki” köçalarini boğlab turadi. Y harfining teskari şaklini eslatib turuvçi 137 metrli maçta köprikni metall trosslar yordamida uşlab turadi.

Yangi köprikning har tomonida uçyoqlama harakat qilişga imkon beruvçi oltita yöl böladi. Köprikning uzunligi 528 metrni, qirğoqdagi estakadadan boşlab hisoblanganda 650 metrni taşkil etadi.