Qozoğistonning Olmaota şahridagi Satpayev va Bayzakova köçalari kesişmasida joylaşgan Cinema towers 3D kinoteatrida yonğin çiqdi. Bu haqda voqea joyidagi manbaga asoslangan holda "Interfaks" xabar berdi.
Manbaning sözlariga köra, olov tört qavatli binoning tomida avj olgan. Binoda, kinoteatrdan taşqari, karçer va ofis xonalari bor.
Voqea joyiga öt öçiriş, politsiya va tez yordam maşinalari yetib kelgan.

Binodan 80 kişi evakuatsiya qilingan. Olov binoning quyi qavatidagi restoranga yetib kelişi xavfi mavjud.











